Rahbariyat
-
-
- Maxmudov Maxsum Mubashirovich Bosh direktor
-
- Ko'rib chiqiladigan masalalar
- Kompaniyaning boshqaruv faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi
- O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, aloqa va axborotlashtirish sohasiga oid O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, Qaror va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Hay’ati qarorlari va Agentlik buyruqlari, “O’zbektelekom” AK Aktsiyadorlarining Umumiy yig’ilishi va Kuzatuv kengashi qarorlarini bajarilishini tashkil qiladi
- “O’zbektelekom” AK Direktorlar kengashiga rahbarlik qiladi
- Kompaniyada kadrlarni tayyorlash, jumladan rahbar kadrlar zaxirasini takomillashtirish va ularning malakasini oshirish ishlarini boshqaradi
- Qo’shma korxonalarning boshqaruv organlarida qatnashadi va kompaniya vakillari orqali qonunchilikka asosan kadrlar siyosatini tashkil qiladi
- Fuqaro mudofaasi tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalariga, fuqaro mudofaasi shtablari bilan o’zaro munosabatdagi faoliyatga rahbarlik qiladi
- Kompaniya aktsiyadorlari manfaatlari, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizlik manfaatlari yo’lida chora-tadbirlar majmuasini tashkil etadi
- Kompaniyaning boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish ishiga rahbarlik qiladi
- Kompaniya tarkibidagi filiallar ishiga bevosita rahbarlik qiladi, ular faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi, rahbarlarni lavozimga tayinlaydi va undan ozod qiladi
- Xalqaro tashkilotlar oldida kompaniya manfaatlarini himoya qiladi va jamoatchilik aloqalari borasidagi faoliyatga rahbarlik qiladi
- Tarkibiy bo’linmalar o’rtasida va boshqa korxonalar bilan yagona texnologik jarayonda telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatishdagi o’zaro faoliyatlarni muvofiqlashtiradi
- Tarkibiy bulinmalardagi maxsus organlarga (MO) nisbatan katta maxsus rejim organi (MRO) funktsiyasi faoliyatiga rahbarlik qiladi
- Kompaniya faoliyatini iqtisodiy va texnik rivojlantirish maqsadida biznes-rejalar ishlab chiqish, statistik hisobotlarni yig’ish, tahlil qilish va umumlashtirish ishlariga rahbarlik qiladi
- Tarkibiy bo’linmalar uchun tarmoqqa ulanish, telefon-telegraf va Internet trafiklarini o’tkazish uchun hisob taksalarini belgilash ishlariga rahbarlik qiladi
- Kompaniya tarkibiy bo’linmalari bilan hamkorlikda ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlarni taqsimlash ishlarini boshqaradi
- Berilgan huquq va vakolatlardan kelib chiqib, kompaniya tarif siyosatini yuritish, telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflar darajasini ishlab chiqish va belgilash ishlariga rahbarlik qiladi
- Xalqaro, davlatlararo, Hukumatlararo hamda tarmoq kelishuvlari va shartnomalariga asosan telekommunikatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyihalarni amalga oshirilishini boshqaradi
- Xalqaro elektroaloqa ittifoqi (XEI), Aloqa sohasidagi hududiy hamdo’stlik (ASHH) va turli xalqaro tashkilotlari, telekommunikatsiya texnologiyalari va qurilmalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, shuningdek kompaniya manfaatlaridan kelib chiqqan holda boshqa xalqaro va xorijiy kompaniya, firma, bank va jamg’armalar bilan hamkorlikdagi faoliyatga rahbarlik qiladi
- Kompaniyaning joriy faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlashni tashkil qiladi
- O’z vakolati doirasida Sud idoralariga da’vo arizasi bilan murojaat qilish va Sud jarayonlarida ishtirok etish uchun vakillarga ishochnomalarni imzolaydi
- Qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyatni va bu borada kompaniyaning siyosatini, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish, shuningdek, Kompaniya tomonidan taqdim qilinayotgan barcha xizmatlarni tadqiq qilish borasidagi marketing siyosatini, telekommunikatsiya xizmatlari sotuvini rivojlantirishni, tarif siyosatini shakllantirishni hamda Kompaniyaning texnik va texnologik resurslari, jarayonlari va tarkibiy tuzilmalarini rivojlantirish masalalarini boshqaradi
- Kompaniyaning qimmatli qog’ozlar portfelini shakllantirilishiga rahbarlik qiladi
- Kompaniya Aktsiyadorlarining Umumiy yig’ilishi va Kuzatuv kengashi majlislarini o’rnatilgan tartibda tashkil etilishi, o’tkazilishi, tegishi xujjatlarni tayyorlanishi va rasmiylashtirilishini nazorat qiladi
- Kompaniya aktsiyadorlari, investitsion institutlar, ommaviy axborot vositalari, qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilari va qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini nazorat qiluvchi idoralar bilan o’zaro aloqalarni muvofiqlashtiradi
- Kompaniya Ustaviga asosan kompaniya tarkibiy bo’linmalari rahbarlariga beriladigan ishonchnomalarni imzolaydi
- Buxgalteriya, Operatorlar bilan ishlash va o’zaro hisob-kitoblar bo’limi, Xalqaro hamkorlik bo’limi, Iqtisodiyot va prognozlash bo’limi, Xodimlar bo’limi, bosh yuriskonsul’t faoliyatlariga bevosita rahbarlik qiladi
- Kompaniyaning “Biznes va personalni rivojlantirish markazi” filialining faoliyatini muvofiqlashtiradi. “Biznes va personalni rivojlantirish markazi” filiali direktor o’rinbosari faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi
- “O’zbektelekom” AK ulushi mavjud bo’lgan aktsiyadorlik kompaniyalari va jamiyatlari hamda qo’shma korxonalarda kompaniyaning vakili hisoblanadi va mazkur korxonalarning majlislarida ishtirok etadi, hamkorlikdagi faoliyatni muvofiqlashtiradi
-
-
- Yuldashev Qahramon Anvarjonovich Bosh direktorning birinchi o'rinbosari
-
- Ko'rib chiqiladigan masalalar
- Kompaniyaning filiallari rahbarlari vazifasini bajaruvchi xodimlarni va shaxslarni qo’shma korxona boshqaruv organiga, kompaniya tomonidan mas’ul etib tayinlash talablarini aniqlaydi va ularni tanlash ishlarini tashkil qiladi
- Filiallarda filial haqidagi nizomi va qo’shma korxona boshqaruv organlarida qo’shma korxonalar nizomi asosida ishlarni nazorat qiladi
- Telekommunikatsiya tarmoqlarini qayta qurish va rivojlantirish Milliy dasturini amalga oshirishda texnik siyosatni yuritadi
- Kompaniya telekommunikatsiya tarmog’ini ekspluatatsiya ishlarini muvofiqlashtiradi
- Kompaniya tarkibiy bo’linmalari tomonidan amaldagi telekommunikatsiya tarmoqlari ekspluatatsiyaga va xizmatlariga doir talabnomalar, me’yoriy hujjatlar, qoidalar va qo’llanmalarning bajarilishini nazorat qiladi
- Kompaniya tarkibiy bo’linmalarining elektr ta’minot tizimlarini samarali va ishonchli ishlashi yuzasidagi tashkiliy choralarni amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi
- Vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan boshqa vazirliklar, idoralar bilan o’zaro hamkorlik qiladi
-
-
- Halikulov Erlan Tajikulovich Bosh direktor o’rinbosаri
-
- Ko'rib chiqiladigan masalalar
- telekommunikatsiya tarmog’ida axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish hamda zamonaviy talablar asosida axborot himoyasi uchun samarali vosita va usullarni joriy qilish kabi masalalar bo’yicha kompaniya faoliyatini muvofiqlashtiradi
- telekommunikatsiya tarmoqlarida axborot xavfsizligi talablarini bajarish bo’yicha nazoratni olib boradi
- telekommunikatsiya va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, axborot tizim va resurslarini himoyalashda axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bo’yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi
- axborot xavfsizligi sohasida xorij tajribasi yutuqlaridan o’rganish va telekommunikatsiya va ma’lumotni uzatish tarmoqlarida joriy qilish ishlarini muvofiqlashtiradi
- axborot xavfsizligini ta’minlash va Maxsus ishlar bo’limlari ishiga bevosita rahbarlik qiladi
- o’zi rahbarlik qilayotgan kompaniya tarkibiy bo’linmalarida, kompaniya tizimidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlarni tashkil etish, ijrosini ta’minlash va ish holatini tanqidiy tahlil qilish uchun javobgar hisoblanadi
- vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan boshqa vazirliklar, idoralar bilan o’zaro hamkorlik qiladi
-
-
- Hasanov Nazirjon Nabijonovich Bosh direktor o’rinbosari
-
- Ko'rib chiqiladigan masalalar
- Kompaniyaning filiallari rahbarlari vazifasini bajaruvchi xodimlarni va shaxslarni qo’shma korxona boshqaruv organiga, kompaniya tomonidan mas’ul etib tayinlash talablarini aniqlaydi va ularni tanlash ishlarini tashkil qiladi
- Filiallarda filial haqidagi nizomi va qo’shma korxona boshqaruv organlarida qo’shma korxonalar nizomi asosida ishlarni nazorat qiladi
- Telekommunikatsiya tarmoqlarini qayta qurish va rivojlantirish Milliy dasturini amalga oshirishda texnik siyosatni yuritadi
- Kompaniya telekommunikatsiya tarmog’ini ekspluatatsiya ishlarini muvofiqlashtiradi
- Telekommunikatsiya tarmoqlarining ish samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan texnik-tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etilishini muvofiqlashtiradi
- Aloqa xizmatlarini ko’rsatishda iste’molchilar talablarini qondirish bo’yicha tarkibiy bo’linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi
- Kompaniya tarkibiy bo’linmalari tomonidan amaldagi telekommunikatsiya tarmoqlari ekspluatatsiyaga va xizmatlariga doir talabnomalar, me’yoriy hujjatlar, qoidalar va qo’llanmalarning bajarilishini nazorat qiladi
- Kompaniya tarkibiy bo’linmalarining elektr ta’minot tizimlarini samarali va ishonchli ishlashi yuzasidagi tashkiliy choralarni amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi
- Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishda prognoz ko’rsatkichlari hamda xizmat ko’rsatish turlarini kengaytirish va sifatini oshirish bo’yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi. Kompaniya tarkibiy bo’linmalarida telekommunikatsiya tarmoqlarini optimal tizimini tahlil qiladi
- Qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyatni va bu borada kompaniyaning siyosatini, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish, shuningdek marketing faoliyati yo’nalishidagi masalalarni boshqaradi
- Kompaniya qimmatli qog’ozlarini chiqarilishini muvofiqlashtiradi
- Kompaniya aktsiyadorlari, investitsion institutlar, ommaviy axborot vositalari, qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilari va qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini nazorat qiluvchi idoralar bilan o’zaro aloqalarni muvofiqlashtiradi
- Kompaniyaning qimmatli qog’ozlar portfelini shakllantirilishiga rahbarlik qiladi
- Kompaniya Aktsiyadorlarining Umumiy yig’ilishi va Kuzatuv kengashi majlislarini o’rnatilgan tartibda tashkil etilishi, o’tkazilishi, tegishli hujjatlarni tayyorlanishi va rasmiylashtirilishini nazorat qiladi
- O’z vakolati doirasida turli davlat boshqaruvi organlari bilan o’zaro munosabatlarni muvofiqlashtiradi
- Kompaniya ulushi mavjud bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarida kompaniya vakillarining faoliyatini muvofiqlashtiradi
- Kompaniya tarkibiy bo’linmalarida ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati, kasanachilik, Servis xizmatlari, qo’shimcha xizmatlar turlari masalalari, qo’shimcha daromadlar, telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalari texnik ekspluatatsiyasini tashkil qilish faoliyatlarini o’rganish jarayonlarida ishtirok etadi
- Axborot-kommunikatsiya tizimlarini ekspluatatsiya qilish, Qimmatli qog’ozlar va marketing bo’limlari ishiga bevosita rahbarlik qiladi
- “TShTT”, “Andijon Telekom”, “Namangan Telekom”, “Farg’ona Telekom” filiallarining faoliyatini muvofiqlashtiradi
- “O’zbektelekom” AK ulushi mavjud bo’lgan “Rubikon” QK, “Unitech” QK, “Aloqa print” QK, “Telekom Qurilish” MChJ, “ORIAT” TRK MChJ, “Uzaloqakonsalting” YoAJda kompaniyaning vakili hisoblanadi va mazkur korxonalarning majlislarida ishtirok etadi, hamkorlikdagi faoliyatni muvofiqlashtiradi
- O’zi rahbarlik qilayotgan kompaniya tarkibiy bo’linmalarida, kompaniya tizimidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlarni tashkil etish, ijrosini ta’minlash va ish holatini tanqidiy tahlil qilish uchun javobgar hisoblanadi
- Vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan boshqa vazirliklar, idoralar bilan o’zaro hamkorlik qiladi