«Tele ovoz berish» (Televoting) xizmati
Xalqaro intelektual «Teleovoz berish» xizmati teleko’rsatuvlarda turli so’rovnomalar, televiktorina va musobaqalar hamda kompaniya yoki tashkilotning reytingini aniqlash, shuningdek, marketing tadiqiqtolarini o’tkazish hamda statistik ma’lumotlarni to’plash kabi tadbirlarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan. Mazkur xizmatni amalga oshirish uchun maxsus ajratilgan intelektual raqam orqali qo’ng’iroqlar soni intelektual raqamga tushayotgan ma’lumotlar hisobiga amalga oshiradi («Fabrika zvezd», «Tantsy so zvezdami na l’du», «Zvezdy v tsirke» va boshqalar.)
O’zbekistonda «Tele ovoz berish» xizmatini «O’zbektelekom» AK tomonidan tashkil qilinadi. Undan foydalanish uchun nojug’rofiy raqamlash zonasidan ajratilgan 803 – 777 kodi orqali amalga oshiriladi.
Yuridik maqomidagi shaxslarga mazkur xizmatdan foydalanish uchun «O’zbektelekom» AKga murojaat qilishi lozim.
Tariflar shartnoma asosida amalga oshiriladi.
- Intellektual aloqa tarmog’i xizmatlari
- «Tele ovoz berish» (Televoting) xizmati
- «Bepul qo’ng’iroq» (Freephone) xizmati



