«Bepul qo’ng’iroq» (Freephone) xizmati

 

8−800− kodi bo’yicha 8−800−abs−xxxx raqamiga qilingan qo’ng’iroq bepul bo’lib, mazkur xizmatdagi barcha shaharlararo yoki xalqaro qo’ng’iroqlar to’lovi maxsus tariflar asosida yuridik maqomidagi tashkilotlar tomonidan o’z abonentlariga xizmat ko’rsatishni yanada yaxshilash uchun to’lanadi. Shuning uchun ham xizmat nomi «Bepul qo’ng’iroq» (ingliz tilida «Freephone») deb atalgan.

Mazkur xizmat kompaniyangiz tomondan tashkil etiladigan turli reklama va marketing aktsiyalarini mamlakatning barcha hududlarida rivojlantirish bo’yicha chesksiz imkoniyatlarni ochib beradi.

Mazkur xizmatdan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin:

  • ishlab chiqarlayotgan yoki xizmat ko’rsatilayotgan turli tovar yoki xizmatlarni to’g’ridan-to’g’ri sotuvini tashkil qilish;
  • «favqulodda va noxush vaziyatlarda, yagona tezkor tibbiy va qutqaruv xizmati kontakt aloqa»ni tashkil qilish uchun,
  • biletlarga buyurtmalar olish (mehmonxona, kontsert, transport va avia biletlariga buyurtma berish va h.z.),
  • biror yo’nalish bo’yicha bozorni tadqiq qilish;
  • agent va jalb qilingan turli xodimlar bilan o’zaro aloqani tashkil etib borish va h.z.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun buyurtma bergan mijozga ularning markaziy ofisi yoki filiallariga alohida 8-800-abs-xxxx tartibdagi intelektual raqam ajritaladi, unda:

8 — shaharlararo foydalanish prefiksi,

800 — «Bepul qo’ng’iroq»dan foydalanish kodi,

abs — intellektual platforma kodi,

XXXX — abonent raqami.

Shuningdek, «O’zbektelekom» AK Xalqaro miqyosdagi «Bepul qo’ng’iroq» («International freephone») xizmatini ham taqdim etadi.

Kompaniya mijozlariga «Bepul qo’ng’iroq» xizmatidan foydalanish uchun maxsus xalqaro raqam  ajratiladi. Mazkur maxsus raqam orqali O’zbekistondan xorijga chiquvchi qo’ng’iroqlarni va xorijdan O’zbekistonga chiquvchi qo’ng’iroqlarni ta’minlashga xizmat qiladi.

Yuridik maqomidagi shaxslarga mazkur xizmatdan foydalanish uchun «O’zbektelekom» AKga murojaat qilishi lozim.

Tariflar shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Sayt xaritasi
Qo’shimcha xizmat turlari - Oddiy
"O'z hisobingni bil" bepul xizmati