Zonaichi, shaharlararo va xalqaro aloqa xizmatlari

Shaharlararo telefon aloqasi – O’zbekiston Respublikasining turli ma’muriy tumanlari hududida (shahar tarkibidagi tumanlardan tashqari) joylashgan foydalanuvchilar o’rtasidagi telefon ulanishidir. Xalqaro telefon aloqasi esa, O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan foydalanuvchi bilan boshqa davlat hududida joylashgan foydalanuvchi o’rtasidagi telefon ulanishidir.

Mahalliy telefon aloqasi foydalanuvchilari shaharlararo (8-shaharlarning mahalliy kodlari- abonent telefon raqami) va xalqaro (8-10-mamlakat kodi- abonent telefon raqami) telefon aloqasiga chiqish uchun hududiy filiallarga ariza orqali murojaat etishlari lozim.

Xizmatlar uchun №125-1/1-sonli Narxnomaga binoan tariflar o’rnatiladi.

Qo’shimcha savollar uchun, sayt orqali murojaat qiling.

Batafsil ma’lumotlar uchun kompaniyaning hududiy filiallaridagi mahalliy telekommunikatsiya bog’lamalari telefonlariga murojaat etishingiz mumkin.

Xizmatlar (O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 2004 yil 31 martda №98–son bilan tasdiqlangan) Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog’ida telefon aloqasi xizmatlarini ko’rsatish QOIDALARIga to’liq javob beradi.

Sayt xaritasi
Qo’shimcha xizmat turlari - Oddiy
TShTTdan ADSL: "Unlimited" tarif rejasi