Intellektual aloqa tarmog’i xizmatlari

Intellektual aloqa tarmog’i (IAT) — Kompaniyaning mijozlari tomonidan boshqariladigan qo’shimcha telekommunikatsiya xizmatlari sirasiga kiradi.

Uning intelektual aloqa tarmog’ining asosini Intelektual platforma tashkil etib, apparat va dasturiy majmualar orqali umumfoydalanishdagi aloqa tarmog’i bilan o’zaro ish yuritgan holda intelektual aloqa xizmatlarini ko’rsatish imkoniyatlariga egadir.

Bugungi kunda Kompaniya tomonidan quyidagi intelektual aloqa xizmatlari ko’rsatib kelinmoqda:

«Tele ovoz berish» (Televoting) xizmati;

8-800- kodi bo’yicha «Bepul qo’ng’iroq» (Freephone) xizmati;

IP-telefoniyaning  8-805 – kanali bo’yicha «Nojug’rofiy foydalanish kodi» (VoIP)

 

IAT foydalanishning sohasi va yo’nalishlari:

  • Avtomatlashgan ma’lumot va axborot xizmatlarini yaratish;
  • Mijozlarni qo’llab –quvvatlash (Call-center) xizmatini tashkil qilish;
  • Teleko’rsatuvlar ishtirokida ommaviy telefon so’rovnomalarini o’tkazish (tele ovoz berish);
  • Interfaol va pulli telefon xizmatlarini taqdim etish;
  • Telefon orqali pulli konsul’tativ maslahatlarni berish;
  • Telemarketing (tovar va xizmatlarni telefon orqali sotish, targ’ib qilish)ni tashkil qilish;
  • Shuningdek, shaharlararo va xalqaro telefon so’zlashuvlarini IP-telefoniya kanali bo’yicha qulay va arzon narxlardagi so’zlashuvlarini taqdim etishdir.
Sayt xaritasi
Qo’shimcha xizmat turlari - Oddiy
"O'z hisobingni bil" bepul xizmati