Aloqa kanallarini ijaraga berish xizmati
«O’zbektelekom» AK O’zbekistondagi yirik telekommunikatsiya operatori bo’lib, o’z tarmog’i bilan respublikaning qariyibki barcha hududlarini qamrab olgan.
Bugungi kunda «O’zbektelekom» AK keng tarqalgan, ishonchli va raqobatbardosh telekommunikatsiya tarmog’iga ega. Ko’rsatilayotgan yangi turdagi xizmatlar sifatini yaxshilash hamda xizmat turlarini oshirish maqsadida STM-1/4/16/64, DWDM va CWDM rusumdagi yuqori tezlikdagi uzatuvchi tizimlarga bosqichma-bosqich o’tib borilmoqda.
Kompaniyaning optik tolali va radioreleyli aloqa liniyalari asosida barpo etilgan transport telekommunikatsiya tarmog’i orqali respublikaning barcha tuman markazlarigacha Internetdan foydalanish xizmatini etkazildi.
Shuningdek, Kompaniya o’zining mavjud transport telekommunikatsiya tarmog’i yordamida kanallarni ijaraga berish xizmatini ham yo’lga qo’yilgan.
Korporativ mijozlar uchun xizmatdan foydalanishning afzalliklari quyidagicha:
- Katta sig’imdagi turli ma’lumotlar (ma’lumot, tovush va video)ni ajratilgan kanallar orqali istalgancha uzatish imkoniga ega;
- Mijozlarga axborot himoyasi bo’yicha qo’yiladigan talablar asosida uzatiladigan ma’lumotlarning ishonchli himoyasi asosida ta’minlab berishni amalga oshiriladi;
- Ajratilgan kanallardan foydalanishda o’tkazuvchanlik qobiliyati kechayu−kunduz bir maromda saqlanishi kafolatlangan.
Xizmat parametrlari
Kanallarni ijaraga berish xizmati «O’zbektelekom» AK zamonaviy texnologiyalari asosida barpo qilingan SDH, DWDM va xorijning etakchi ishlab chiqaruvchilari (Siemens, Alcatel, NEC, Huawei) tomonidan keltirilgan qurilmalar asosidagi transport telekommunikatsiya tarmog’i orqali amaga oshiriladi.
Xizmatlar istalgan ko’rinishdagi axborotni istalgan tarmoq bayoni (protokol)idan foydalangan holda amalaga oshirishga qodir. Kompaniya 64 Kbit/sekdan 100 Mbit/sek yoki undan yuqori bo’lgan o’tkazuvchanlik qobiliyatidagi ajratilgan kanallardan foydalanishni ta’minlaydi.
Mijozning qurilmalarini ulash uchun kanallar oxirida V.35, G.703 rusumdagi interfeyslar mos keladi.
Xalqaro aloqa kanallardan foydalanish uchun Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya Qozog’iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg’izton, Birlashgan Arab emirati (BAE), Xitoy, Koreya, AQSh, Turkiya, Ukraina va Yaponiya mamlakatlari bilan to’g’ridan−to’g’ri xalqaro kanallar tashkil etilgan.
Yuridik maqomidagi shaxslarga mazkur xizmatdan foydalanish uchun «O’zbektelekom» AKga murojaat qilishi lozim.
Xalqaro kanallarni ijaraga berish bo’yicha tariflar shartnoma asosida va shaharlararo kanallarni ijaraga berish tariflari narxnomaga binoan amalga oshiriladi.



