Videotelefon aloqasi xizmatlari arzonlashtirildi

12.07.2010

"O’zbeketelekom" AK 2010 yil 21 iyundagi 211-son buyrug'iga muvofiq, videotelefon aloqasi xizmatlarining yangi tarif rejalari tasdiqlangan bo’lib, joriy yilning 1 iyulidan e'tiboran amalga kiritildi.

Mazkur tarif rejalariga ko’ra, yuridik va jismoniy shaxslarga turli chegirmalar taklif etilgan. Xususan, yuridik maqomidagi shaxslarga taklif etilayotgan "Unlimited" ("Limitsiz") tarif rejasiga muvofiq, oylik abonent to’lovi 35 000 so’m etib belgilangan. Agarda tashkilotdan 5 tagacha videotelefon aloqasiga ulanish uchun murojaat qilinsa, oylik abonent to’lovi 31 500 so’mgacha, 20 tadan ortiq videotelefon aloqasiga ulanish uchun murojaat qilinsa, oylik abonent to’lovi 24 500 so’m har bir videotelefon aloqasi xizmatiga belgilangan.

Jismoniy shaxslarga taqdim qilinayotgan videotelefon aloqasi xizmatlari uchun "Econom", "Optimal", "Govori bolshe" va "Unlimited" singari turli qulay tarif rejalari joriy qilingan. Masalan, jismoniy shaxslarga taklif qilinayotgan videotelefon aloqasi xizmatining "Econom" tarif rejasiga muvofiq, oylik abonent to’lovi 5 000 so’m belgilangan bo’lib, unga ko’ra, mahalliy so’zlashuvlar uchun 600 daqiqalik limit so’zlashuvlari qayd qilingan. "Unlimited" tarif rejasi bo’yicha oylik abonent to’lovi 28 000 so’m asosida belgilangan.

Eslatib o’tish joiz, Kompaniyaning "Toshkent shahar telefon tarmog'i" va "Toshkent Telekom" filiallarida ajratilgan Internet tarmog'idan ulanish xizmatidan foydalanilayotgan abonentlar uchun ulanish bepul. 

Kompaniyaning "Toshkent shahar telefon tarmog'i" va "Toshkent Telekom" filiallarining ajratilgan Internet tarmog'idan ulanish xizmatidan foydalanishdan mustasno abonentlarga faqatgina "Unlimited" tarif rejasi amal qiladi.

Potensial mijozlar mazkur xizmatga ulanish uchun mahalliy aloqa bog'lamalariga murojaat qilishlari lozim.

Tarif rejasi haqida batafsil ma'lumot uchun, shuni bosing... 

Matbuot xizmati

Matbuot kotib: Каримжон Муллабоев

Телефон: (+998 71) 239-23-46
E-mail: pr@uztelecom.uz

Sayt xaritasi
"O'z hisobingni bil" bepul xizmati
Qo’shimcha xizmat turlari - Oddiy