E’lonlar

  • 07 Dekabr
    Hurmatli abonentlar!
    Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni nishonlanishi munosabati bilan UZTELECOM savdo ofislarida 8 dekabr dam olish kuni deb eʼlon qilindi. 10 dekabrdan boshlab, savdo ofislari oʻz ish faoliyatini oʻrnatilgan tartibda davom ettiradilar
  • 01 Dekabr
    Hurmatli abonentlar!
    Olib borilayotgan katta hajmdagi ishlar tufayli, yangi tarmoqqa oʻtish 2018 yil 2 dekabr soat 10:00 ga qadar uzaytirilganligini maʼlum qilamiz.
  • 30 Noyabr
    Hurmatli abonentlar!
    Yangi tarmoqqa o’tish bilan bog’liq 01.12.2018 y. soat 02:00 dan 06:00 ga qadar tungi texnik ishlar rejalashtirilgan. Ishlar olib borish vaqtida Uzonline abonentlariga xizmatlarni taqdim etishda sifat pasayishi kuzatilishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so’raymiz.
  • 22 Noyabr
    Hurmatli abonentlar!
    2018 yilning 1 dekabriga qadar “O’zbektelekom” AK Xalqaro paketli kommutatsiya markazi va ma’lumotlar uzatish tarmoqlari sig’imini kengaytirish bo’yicha loyiha doirasida tarmoq modernizatsiyasi bo’yicha texnik ishlar olib boriladi. Ushbu davrda Internet xizmatlarini taqdim etishda sifat pasayishi kuzatilishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!
  • 20 Noyabr
    Hurmatli abonentlar!
    UZTELECOM doimiy ravishda telekommunikatsiya xizmatlari sifati va hajmini oshirish yoʻlida faol izlanishlar olib bormoqda. Kompaniya mutaxassislari telekommunikatsiya xizmatlari bozorini har tomonlama tahlil qilib, UZONLINE abonentlari uchun mavjud yechimlar va foydalanuvchilar ehtiyojlaridan kelib chiqqan xolda yangi takliflar ishlab chiqmoqda.
  • 19 Noyabr
    Hurmatli abonentlar!
    Toshkent shahrining transport tarmogʻi uskunasidagi dasturiy taʼminotni yangilash boʻyicha “Oʻzbektelekom“ AK tomonidan 20.11.2018 dan 11.12.2018 gacha boʻlgan davrda texnik ishlar amalga oshiriladi. Dasturiy taʼminotni oʻrnatish vaqtida "TSHT" TEQM abonentlari uchun Internet, IPTV, NGN-telefoniya va VPN xizmatlarining qisqa muddatli uzilishlari kuzatilishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!
  • 16 Noyabr
    Hurmatli abonentlar!
    Kompaniya tarmog’ida 17.11.2018y. soat 02:00 dan 4:00 ga qadar o’tkaziladigan profilaktika ishlari bilan bog’liq holda UZONLINE abonentlariga keng polosalali Internet xizmatlarini taqdim etishda qisqa muddatli uzilishlar va sifat pasayishi kuzatilishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so’raymiz!
  • 15 Noyabr
    Hurmatli abonentlar!
    Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Odamtosh RTS stansiyasida texnik ishlar bilan bog'liq ravishda, 17.11.18 soat 00:00 dan 06:00 ga qadar tarmoq ishida va DVB-T2 formatidagi raqamli televidenie xizmatlarida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!
  • 12 Noyabr
    Hurmatli abonentlar!
    2018 yilning 12-noyabrdan 13-noyabrga qadar "O'zbektelekom" AK raqamli oqimlarni to’xtalishlarini va nosozliklarni oldini olish, hamda barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida tungi ishlar amalga oshiriladi, ushbu davrda xalqaro hamda mahalliy oqimlarda qisqa muddatli uzilishlar va xizmatlarni taqdim etish sifati pasayishi kuzatilishi mumkin. Tungi ishlar soat 23:00 dan 06:00 gacha o'tkaziladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!
  • 30 Oktyabr
    Hurmatli UZMOBILE abonentlari (GSM va CDMA segmentlari)
    Rejalashtirilgan profilaktika ishlari bilan bog'liq holda, "O'zbektelekom" AK o'z abonentlariga 31.10.2018 soat 22:00 dan 1.11.2018 soat 11:00 gacha mobil aloqa xizmatlarini taqdim qilishda sifat pasayishi va cheklovlar kuzatilishi mumkinligi haqida xabar beradi.