“O’ZBEKTELEKOM” AKda LAVOZIMGA TAYINLASHLAR

2018 Avgust 8

2018 yil 8 avgust kuni "O'zbektelekom" AK rahbariyatida qator lavozimga tayinlashlar amalga oshirildi. Kompaniya rahbari etib avval ham bosh direktor lavozimida faoliyat yuritgan Shuhrat Kadirov tayinlandi. 2018 yilning fevral oyidan avgustigacha bosh direktor lavozimini egallagan Farxod Roziyev kompaniyaning tijorat direktori lavozimiga o'tkazildi.

Bundan tashqari, Jamol Maxsudov Yevgeniy Marking o'rniga Istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo'yicha direktor lavozimiga tayinlandi.