XALQARO HAMKORLIKNING YANGI IMKONIYATLARI

2018 Avgust 16

O‘zbektelekom“ AK va “ElKat“ MChJ (Qirg‘iziston Respublikasi) telekommunikatsiya tarmoqlari o‘rtasida Quvasoy (Farg‘ona viloyati) - Qizil-Qiya (Batken viloyati) hududida yangi transchegaraviy o‘tish qurilish ishlari yakunlandi. Bugun - 2018 yil 16 avgustda ushbu xalqaro telekommunikatsiya tutash chegarasi ekspluatatsiyaga qabul qilindi.

Shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlarini o‘zaro bog‘lash va kompaniyalar o‘rtasida telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha bitim imzolandi. “ElKat“ MChJ kompaniyasi bilan yangi chegaraviy uzatish qurilishi Qirg‘iziston hududidan o‘tadigan Internetga chiqish uchun muqobil yo‘lni ochib beradi.

Ushbu yangi chegarabiy uzatish qurilishi Afg‘oniston va Turkmaniston yo‘nalishlarida tranzit aloqa kanallari taqdim etish orqali “O‘zbektelekom“ AK eksport salohiyatini oshiradi.